Luisma Ernandes: "Ikki hafta davomida birgina so'z ustida ishladik"

Sherzod Nurmatov
21 noya 2021
Coca-Cola Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Juda qiyin o'yin bo'ldi. Mavsum oxirida emociyalar birinchi o'ringa chiqadi. Bundan tashqari, biz ikki hafta davomida faqat birgina so'z ustida ishladik. Bu g'alaba edi va biz 3 ochko uchun intildik. 

- Jamoaning keyingi o'yinda "Qizilqum"ni mag'lub etgan holda, Superligada qolish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Biz uchun oxirgi final o'yini qoldi. Bu "Qizilqum" bilan bahs bo'ladi. FIFA kunlaridan foydalangan holda, "Qizilqum”ni o'rganib chiqdik. Bu jamoaga qarshi rejamizni ishlab chiqdik. Seshanba kundan boshlab tayyorgarlikka kirishamiz. 

- Akbar Ismatullaevning maydonga tushmaganiga sabab nima edi?

- Unda jarohat bor. 

- Jasur Abduraimov murabbiylik vaqtida Kamoliddin Tojiev va Aleksandr Lobanovga deyarli imkoniyat bermayotgandi. Siz esa ularga ishonch bildirmoqdasiz. Buni qanday izoxlaysiz?

- Xabaringlar bor, “Metallurg"ni qiyin vaziyatda qabul qilib oldim. Jamoani tahlil qilib, ularni asosiy tarkibda tushirdim. G'alabaga erishdik va bu to'g'ri ekanligi oydinlashdi. 

- Jamoani Superligada olib qolsangiz, sizga qanday rag'bat vada qilingan?

- Bu haqda o'ylaganimiz yo'q. Hozir asosiy e'tiborimizni Superligada qolishga qaratganmiz. Vazifani uddalasak, keyin bu haqda o'ylashga vaqt bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia