

Endi Ispaniya terma jamoasini "Barselona" sobiq ustozi Luis Enrike boshqaradi.




Eslatib o'tamiz, JCH-2018 boshlanishidan avval ispaniyaliklar ustozi Xulen Lopetegi "Real" bosh murabbiyiga aylanib, federatsiya tomonidan iste'foga chiqarilgan edi. Shundan so'ng, Fernando Yerro milliy jamoa bosh murabbiyi deb e'lon qilindi. Ispaniya terma jamoasi Rossiyadagi mundialda muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, 1/8 finalda Rossiyaga mag'lub bo'lgan edi.



