

"Rafinya yana bir yarim yoki ikki oy davolanishi kerak. Joriy mavsumda u maydonga tushadimi, yo'qmi, bilmaymiz. Balki u kelasi mavsumda o'ynar. Bunday jarohatlar bilan shoshib bo'lmaydi. Asosiysi u jarohatidan to'liq qutilishi kerak" - deydi ko'k-anorranglilar ustozi.
Rafinya "Roma"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsida (1:1) jarohat olgan edi.



