Loris: "Payet ajoyib gol urib hammamizni qutqardi"

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2016, 10:51
Fransiya terma jamoasi sardori Ugo Loris Ruminiyaga qarshi Yevropa chempionatining ilk uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Bugungi asosiy maqsadimiz 3 ochko edi. Uchrashuv og'ir o'tdi. Ammo g'alaba qozonish uchun kerakli harakatlarni amalga oshira oldik. Payetni tabriklashimiz kerak, u fantastik gol urdi.

Birinchi bo'limdagi seyvim? Men shunchaki o'z vazifamni bajardim. Biz doimo jamoa uchun borimizni beramiz. O'yinni o'zimiz xohlagandek boshlay olmadik. Ammo vaqt o'tishi bilan ustunlik biz tomonga o'tdi.

Bahsning og'ir payti o'tib ketganini his qilganimizdan so'ng, ruminiyaliklar penalti ishlab oldi. Keyin esa Payet o'zining ajoyib goli bilan bizni qutqardi.

Payet qanchalik iqtidorli ekanligini hamma bilsa kerak. U turnirni ijobiy boshlagan yaxshi bo'ldi. G'alaba - jamoa mehnati. Asosiysi yetakchi futbolchilar o'zining bor kuchini ishga solishi" - deydi Loris.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com