Lopetegi: "Messi - tarixdagi eng kuchli futbolchi"

Mirjalol Normatov
26 fev 2021, 22:54
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Barselona"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Umid qilamanki, ertaga dunyoning eng kuchli futbolchilari jamlangan "Barselona" bilan ajoyib bahsning guvohi bo'lamiz.

Bu o'yinning yoqimli tomoni shundaki, unda barcha jihatdan kuchni maksimal ravishda ishlatish kerak. Barchasiga tayyor bo'lish talab qilinadi.

"Barselona" tarkibida barcha chiziqlarda duyoning eng yaxshi futbolchilari o'ynaydi. Leo Messi esa tarixdagi eng zo'r futbolchi hisoblanadi. Shu gapning o'zi ham o'yinning qanchalar muhimligini ko'rsatib turibdi" - dedi Lopetegi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal