"Lokomotiv" o'z tarixidagi eng yirik g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2015, 19:33
Toshkentning "Lokomotiv" klubi oliy liganing 18-turini o'z maydonida "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazib 7:0 hisobida zafar quchdi.

Ushbu g'alaba 2002 yil tashkil topgan "Lokomotiv" klubining oliy liga tarixida erishgan eng yirik g'alaba bo'lib qayd etildi. Bunga qadar "Loko"ning eng yirik g'alabasi 5:0 edi. "Temiryo'lchilar" 2004 yil "Qizilqum", 2005 yil "So'g'diyona" darvozasiga javobsiz 5ta gol urishgandi.

"Lokomotiv" klubi oliy ligaga shu kunga qadar 294ta o'yin o'tkazib 129ta g'alaba va 61ta durang qayd etgan. 104ta uchrashuvda mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 440-374. Umumiy ochkolari soni 448tani tashkil etmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "So'g'diyona" uchrashuvidagi g'alaba 2015 yilda kuzatilgan eng yirik hisob bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia