"Lokomotiv": Olti nafar futbolchimiz terma jamoa yig'inlariga chaqiruv oldi

Narzulla Saydullayev
19 noya 2014, 11:54
O'zbekiston milliy terma jamoasi 2015 yanvar oyida Avstraliyada o'tkaziladigan futbol bo'yicha Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Jamoamiz shu yilning 24 - 30 noyabrida Toshkentda va undan so'ng ikki bor 1 - 14 dekabr hamda 17 - 29 dekabr sanalarida Birlashgan Arab Amirliklarida yig'in o'tkazadi.

Milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabi ushbu yig'inlarda ishtirok etish uchun "Lokomotiv"ning olti nafar futbolchisini taklif etgan.

Ular: darvozabon - Ignatiy Nesterov; himoyachilar - Islom To'xtaxo'jaev, Bobur Yo'ldoshev, Shavkat Mullajonov; yarim himoyachilar - Lutfulla To'raev, Jasur Hasanov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz