"Lokomotiv" navbatdagi transferini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2024, 22:57
Superligaga qaytgan "Lokomotiv" tarkibda o'zgarishlar davom etmoqda.

O'tgan mavsum "Olimpik" sharafini himoya qilgan 21 yoshli Temur Mamasiddiqov faoliyatini "temiryo'lchilar" safida davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda "Lokomotiv" matbuot xizmati ma'lum qildi.

Temur Mamasiddiqov o'tgan mavsum 25ta o'yinda 5ta gol urib, 9ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia