"Lokomotiv" ertaga oq, "Al Ahli" qora-qizil rangli futbolkalarda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
8 may 2017, 20:20
Ertaga, 9 may kuni “Lokomotiv” safarda BAAning “Al Ahli” klubiga qarshi bahs olib boradi.

Osiyo chempionlar ligasi 6-turidan o'rin olgan mazkur bahs Dubayda bo'lib o'tadi va 20:50da boshlanadi.

Bugun o'yindan oldingi rasmiy tadbirlar o'tkazildi. Dastlab har ikki jamoa vakillari hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tdi. Bunda bir qator tashkiliy masalalarga oydinlik kiritib olindi.

Ertangi uchrashuvda “Lokomotiv” oq rangli futbolkalarda, “Al Ahli” esa qora-qizil liboslarda to'p tepadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia