"Liverpul" xo'jayinlari klubning 10% akciyasini 638 mln evroga sotishdi

Alisher
1 apr 2021, 12:18
Fenway Sports Group kompaniyasi "Liverpul" akciyalarinining o'n foizini sotib yubordi.

Bitim 638 million evro evaziga amalga oshdi. Bu klub koronavirus pandemiyasi oqibatlarini engilroq bartaraf etishi uchun qilindi. Mersisaydliklar so'nggi yilda 141 million yo'qotishdi.

Bu mablag' "Liverpul"ga uy stadioni rekonstrukciyasini yakunlashga va yozgi transfer oynasida jamoani kuchaytirishga imkon beradi.

Yurgen Klopp shogirdlari ayni damda APLda 29 turdan so'ng 46 ochko to'plagan holda jadvalda 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times