
Bu haqda French Football Weekly xabar bermoqda. Eslatib o'tamiz, Sako etarli o'yin vaqtiga ega bo'lish maqsadida “PSJ”ni tark etishga qaror qilgan. Futbolchining ketish istagida yurganligini klub bosh murabbiyi Loran Blan ham tasdiqlagan.
“Ha, Mamadu o'yin vaqtiga ega bo'lish borasidagi muammosini hal etish maqsadida klubni tark etmoqchi. 2-sentyabrga qadar tomonlar bazi bir masalalarni ko'rib chiqadilar va o'ylaymanki ikki tomonga ham birdek maqul keladigan qaror qabul qilinadi”, - Blanning so'zlarini keltiradi L’Equipe.
“Liverpul”dan tashqari Sakoga “Barselona” va “Milan” klublari ham qiziqish bildirishgan. Xabarlariga qaraganda parijliklar futbolchini “Milan”ga berishni istyaptilar.