"Liverpul" policiyaga Saloh rulda telefondan foydalangani aks etgan videoni yubordi

Aslanov Jasurbek
14 avg 2018, 11:19
Ingliz policiyasining ma'lum qilishicha, ularga mashina boshqarayotgan vaqtda telefondan foydalangan futbolchining videosini yuborishgan.

Ma'lum bo'lishicha, bu "Liverpul" forvardi Muhammad Saloh.

Policiya ushbu videoni futbolchi to'p tepadigan klubdan qabul qilgan.

"Liverpul" matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, klub vaziyatni Saloh bilan muhokama qilganidan so'ng, policiyaga videoni jo'natgan. Ushbu ish bo'yicha keyingi harakatlar jamoaning ichki ishi sifatida ko'rib chiqiladi. Na klub va na futbolchi ushbu video borasida izoh bermaydi.

"Bizga futbolchi mashina boshqarayotgan vaqtda telefondan foydalangani aks etgan video yuborildi. U kerakli boshqarmaganjo'natildi. Ma'lumot uchun rahmat" - deyiladi Mersisayd policiyasi "tvitteri"da.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/MerPolCC