"Liverpul" klubi Barselonadagi voqealardan so'ng muxlislarga murojaat qildi

Aslanov Jasurbek
1 may 2019, 15:24
"Liverpul" ijrochi direktori Piter Mur o'z "tvitteri"da ayni damda Barselonada bo'lib turgan klub muxlislariga murojaat qildi.

"Biz butun Yevropani zabt etganimiz haqida mag'rurlanib kuylaymiz. Ammo bu shaharni hurmat qilib, o'zimizni "Liverpul" ishqibozlaridek tutaylik. Vaqtni yaxshi o'tkazing, ammo o'zingizni kamtarroq tutib, "Liverpul" muxlisi ekanligingizni unutmang" - deyiladi Mur murojaatida.

Oldinroq, "Liverpul"ning olti muxlisi Barselonadagi mehmonxona xodimiga hujum qilgani uchun hibsga olingani ma'lum bo'lgan edi. Mersisaydliklarning boshqa ishqibozlari esa bir necha o'tkinchini favvoraga itarib yuborishgani aks etgan videolar paydo bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com