

Mersisaydliklarning joriy mavsum Chempionlar ligasida urgan gollari 31taga etdi. Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlari jamoaning YCHL bir mavsumida ko'p gol urish borasidagi rekordini yangilashdi. Avvalgi rekord 2007-2008 yilgi mavsumda qayd etilgan. O'shanda, Jerrard va Torres yetakchiligidagi "Liverpul" Chempionlar ligasida 29ta to'p kiritgan.




