"Liverpul" Donnarummaga ko'z tikmoqda

Tolibjon Qosimov
6 fev 2018, 21:58
"Liverpul" klubi Janluiji Donnarummaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "Daily Star" nashri xabar berdi. "Qizillar" ustozi Yurgen Klopp Simon Minole va Loris Kariuslarning ishonchsiz o'yini sabab, darvozaga ishonchli nomzod qidirmoqda. Nemis mutaxassisining fikricha, Donnarumma "Liverpul"ning "birinchi raqam" muammosini to'liq bartaraf eta oladi.

Hozir Jijining transfer huquqi "Milan"ga tegishli. Oldinroq, Donnarummani PSJ, "Chelsi", "Yuventus" va boshqa jamoalarga bog'lashgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Star