"Liverpul" "Chelsi" vingerini nishonga oldi

Alisher
20 noya 2021, 15:28
"Chelsi"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan amerikalik vinger Kristian Pulishich Angliyaning boshqa klubiga o'tishi mumkin.

23 yoshli hujumkor yarim himoyachining xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar Kristianning transferini yanvardagi transfer oynasida amalga oshirishmoqchi.

Bu Afrika Kubogiga yo'l oladigan Muhammad Salah va Sadio Manening o'rnini to'ldirish uchun qilinadi.

Pulishich joriy mavsum APL doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Star