"Liverpul" Angliya chempionatidagi 7000-golini urdi

Alisher
1 mar 2021
Mersisaydliklar yubileyga raqib o'yinchisi yordamida yetib olishdi.

APL 26-tur doirasidagi "Sheffild Yunayted" (2:0)ga qarshi o'yinda Yurgen Klopp jamoasining ikkinchi goli "Liverpul" uchun yuqori diviziondagi 7000-si bo'ldi.

Musobaqa 1992 yilga qadar "Futbol ligasining birinchi divizioni", 1992 yildan esa APL deb nomlanadi.

Yubiley gol mersisaydliklar raqibida o'ynayotgan himoyachi Kin Brayn tomonidan urildi (avtogol).


AlisherMuallif
Manba: bbc.co.uk