"Liverpul" 20 o'yinda 17 ta g'alaba qayd etdi. "Man Siti"da 21 o'yinda shuncha g'alaba. Jamoalar 10 aprel kuni o'zaro to'qnash kelishadi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2022, 22:20
APLda chempionlik uchun kurash tobora qizg'in tus olmoqda.

Bugun "Liverpul" ham, "Manchester Siti" ham o'z o'yinlarida g'alaba qayd etishdi. "Man Siti" so'nggi 21 o'yinning 17 tasida raqibdan ustun kelgan. Uchta o'yin durang, bitta o'yin esa mag'lubiyat bilan tugagan.

O'z navbatida "Liverpul" so'nggi 20 o'yining 17 tasida g'alaba qozongan.

10 aprel kuni "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari o'zaro o'yin o'tkazishadi. Bu o'yin APL chempionligi uchun juda katta ahamiyatga ega bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Opta Sports