“Lion” Auar uchun qancha so'rayotgani ma'lum bo'ldi

3 okt 2020, 09:35
Lionliklar g'aznasini to'ldirib olish niyatida.

“Lion” rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Ussem Auarni 50 mln evrodan kamiga qo'yib yuborilmasligini ma'lum qilgan. Futbolchining xizmatlariga ayni damda “Arsenal” asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Avvalroq “Real”, PSJ va “Yuventus” Auar uchun kurashdan chiqqani ma'lum bo'lgandi.

Auar 2019/20 yilgi mavsum “Lion” safida 41 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe