Levandovski: "Yana 6-7 yil yuqori darajada o'ynay olaman"

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019, 21:25
"Bavariya"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski uzoq yillar davomida yuqori darajada to'p tepmoqchi ekanligini aytdi.

"Hammasi yaxshi, jamoadan ko'nglim to'q. Yana 6-7 yil yuqori darajada o'ynashim mumkin. Anchadan beri "Bavariya" sharafini himoya qilaman, bu dunyoning eng yirik klublaridan biri. Agar bunday jamoada o'ynasangiz, boshqa klubga o'tish uchun sizda variant ko'p bo'lmaydi.

Bor e'tiborimni Myunxen jamoasidagi vazifalarimga qaratganman. "Bavariya" Yevropaning eng kuchli 4ta jamoasidan biri.

O'tgan mavsum dam olishimga imkon berishdi, ammo orqaga qarab, noto'g'ri yo'l tutganimizni tushundim. O'yin ritmini yo'qotdim, bu noto'g'ri qaror edi" - deydi Levandovski.

30 yoshli Robert Levandovski joriy mavsum Bundesliganing 24ta uchrashuvida 17ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal