Levan Grigolliya: "O'zbekiston bilan o'yinlar biz uchun foydali bo'ldi"

Tolibjon Qosimov
29 iyun 2015, 14:56
26-27 iyun kunlari futzal bo'yicha O'zbekiston hamda Gruziya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng gruzinlar bosh murabbiyi Levan Grigolliyaning fikrlari bilan qiziqdik.
"O'yin juda chiroyli va qiziqarli tarzda o'tdi. Bugungi hakamlik menga yoqmadi, biz kuchli o'yin ko'rsatdik, O'zbekiston ham kuchli jamoa.

Biz hozir yangi taktik uslubga o'tdik, o'yinchilar ham turli jamoalardan yig'ildi, yangi taktika va o'yinchilar bilan o'ynayapmiz. Bu jarayonda O'zbekiston bilan o'tkazilgan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi biz uchun juda foydali bo'ldi.
Ikkita chiroyli o'yin uchun O'zbekiston terma jamoasi murabbiylariga va futzalchilariga minnatdorchilik bildiraman.

Oktyabr oyida Yevropada jahon chempionatiga saralash bahslari boshlanadi. Biz "pulka"da ishtirok etamiz.
Ushbu bellashuvlarga umumiy tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunladik, shundan so'ng Toshkentga keldik".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia