"Lester" Nik Pauellni "Yunayted"ga qaytarmoqchi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2014, 17:01
"Lester" yarim himoyachi Nik Pauell bilan ijara shartnomasini bekor qilib uni yanvar oyida "Old Trafford"ga qaytarishga tayyor.
20 yoshli Pauell "Lester" safida ikki bor o'yin qaydnomasiga kiritildi xolos. Nik maydonga tushish tugul qaydnomadan o'rin ololmayapti.

The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, Angliya yoshli terma jamoasi a'zosi "tulkilar" ustozi Nayjel Pirsonda yaxshi taassurot qoldira olmagan. Yanvar oyida Pauell MYUga qaytib ketadi.

Nikning "qizil iblislar" bilan yana bir yarim yillik shartnomasi bor. Qishda Pauell boshqa bir klubga ijaraga berilishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru