“Lester” “MYU”ning sobiq himoyachisi uchun 25 million funt to'lashga tayyor

19 yanv 2018, 08:00
Tulkilar rahbariyati “MYU”ning sobiq a'zosi, hozirda esa “Vest Bromvich” sharafini himoya qilayotgan o'yinchini sotib olish taklifini bildirdi.

Jamoa rahbariyati himoyachi Jonni Evans uchun 25 million funt sterling to'lashga tayyor. Evansning o'zi ham “Bromvich”ni tark etish istagida. Hozirda unga “Manchester Siti” hamda “Arsenal” ham da'vogarlik qilmoqda. Himoyachi esa “Siti”ga o'tishni xohlamoqda. Agar Evansning “Siti”ga transferi amalga oshmaydigan bo'lsa, u “Lester”ga o'tishga rozi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail