

Ushbu murojaatda bugun Leganes qirollik klubini engadigan bo'lsa, u holda rahbariyat klub futbolkalarini 8-15-aprel oralig'ida sotib olgan muxlislariga pullarini qaytarib berishini takidlagan. Mazkur g'oyani jamoa yarimhimoyachisi Aleksandr Shimanovski ilgari surgan.
Eslatib o'tamiz, bo'lajak uchrashuv birozdan so'ng (Toshkent vaqti bilan 00:00) boshlanadi. Real chempionatda 60 ochko bilan 3-pog'onada borayotgan bo'lsa,Leganes 40 ochko bilan 13-o'rinda ketmoqda. Ular o'rtasida birinchi davradagi uchrashuvda blankoslar yirik hisobda zafar (4:1) qozongandi.



