LaLiga. Messining penaltidan urgan gollari 50taga etdi, ammo ro'yxatda Ronaldu yetakchi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2019, 14:43
Kecha, 2 fevral kuni "Barselona" "Valensiya"ga qarshi bahs o'tkazdi.

O'yin 2:2 hisobida yakunlandi. Dubl qayd etgan Lionel Messi gollarning birini penaltidan urdi. Shunday qilib u LaLigada penaltidan urgan gollari sonini 50taga etkazib oldi.

Argentinalik forvard bu ko'rsatkich bo'yicha Ispaniya chempionatida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Ro'yxatning ikkinchi pog'onasi "Real" va "Atletiko" sobiq futbolchisi Ugo Sanchesga tegishli. U 56 marta penaltini aniq amalga oshirgan. LaLigada penaltidan gol urish bo'yicha peshqadam Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Portugaliyalik forvard "Qirollik klubi" safida 61ta penaltini golga aylantirgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Vivabarca.net