La Liga klublari to'liq mashg'ulotlarga qachon qaytishi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
30 may 2020, 19:30
Bu haqda La Liga rasmiy sayti xabar bermoqda.

1 iyundan boshlab Ispaniya chempionati klublari to'liq mashg'ulotlarga qaytishi mumkin. Bu tayyorgarlik jarayonini odatiy holga keltirishning so'nggi bosqichi hisoblanadi. Avvaliga, jamoalar yakka tartibda mashqlarda qatnashish imkoniyati berildi, so'ng 10 kishilik guruhlar, keyinroq 14 kishilik mashg'ulotlarga o'tildi. Endi esa cheklovlar olib tashlanadi.

Eslatib o'tamiz, La Liga restarti 11 iyunga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Liga