Kurtua vs Navas. Natijalar qanday?

Mirjalol Normatov
2 noya 2018, 20:58
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua nohush natijalar qurshovida.

Belgiyalik bu mavsumda 8 o'yinda qatnashdi va 13 gol o'tkazib yubordi. Kosta-rikalik posbon hisobida esa 7 uchrashuvda 7 o'tkazib yuborilgan gol bor.

Kurtua o'ynagan o'yinlarda "Real" faqatgina ikki marta g'alaba qozondi. Darvozabonning o'zi umumiy 22 seyv namoyish qildi. Navas darvozani qo'riqlagan o'yinlarda "qirollik klubi" 5 marta raqiblarni mag'lub etdi. Kostarikalikning seyvlari soni 15ga teng. U zarbalarni qaytarish borasida Kurtuadan yaxshiroq natija qayd etmoqda.

Ma'lumot uchun Kurtua yozda “Chelsi”dan 35 mln evro evaziga Madridga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA