

Belgiyalikning ko'klar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi. Tiboning haftalik maoshi 90 ming funt. Ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchi maoshini ikki baravarga ko'tarib, jamoa yetakchilari darajasida pul olmoqchi. Uning klubdagi hamyurti Eden Azarning "Chelsi"dagi haftalik maoshi 200 ming funt.
Oldinroq londonliklar Kurtuaga haftasiga 234 ming evro to'lashga tayyorligi e'lon qilingan edi.


