

Kataloniya telekanali TV3'ning xabariga ko'ra, seshanba kuni Kuman "Barselona" prezidenti Joan Laporta bilan uchrashgan.
Ular niderlandiyalik mutaxassisning kelajagi borasida bir qarorga kelishdi - u kelasi mavsumda ham jamoa bilan ishlashda davom etadi.
Uchrashuvda shuningdek "Barselona" sport direktori Mateu Alemani va texnik direktor Ramon Planes ham bo'lishgan. Rahbariyat Kumanga ishonadi.



