Kulushevskiga London klubi qiziqmoqda

Alisher
27 sen 2021, 09:47
"Yuventus" yarim himoyachisi Deyan Kulushevski faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

21 yoshli shved uchun Londonning "Tottenxem" klubi da'vogarlik qilmoqda. Londonliklar o'yinchining yanvardagi transferini kelishishmoqchi.

Kulushevski o'tgan mavsum 47ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 40 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror