

Musobaqaning so'nggi ikki mavsumdagi g'olibi Madridning "Real" klubi o'z maydonida "Apoel"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda hisobni 12 daqiqada Beylning pasidan keyin Krishtianu Ronaldu urdi. Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi ketma-ket 6 yil "Real"ning Chempionlar ligasidagi dastlabki goli muallifiga aylandi. 2012-2013 yilgi mavsumdan boshlab YCHLning har mavsumida "qirollik klubi"ning birinchi golini Ronaldu kiritib kelayapti.




