Krespo: "Men Ronaldudan Messini afzal ko'raman"

Alisher
23 okt 2020, 17:02
Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Ernan Krespo Chempionlar Ligasi doirasidagi "Yuventus" - "Barselona" o'yini va Ronaldu yoki Messidan birini tanlash borasida savolga javob berdi.

"Messini "Barselona"da xafa holda ko'rish yomon. Bu uning uyi. Umid qilamanki, u bilan hammasi yaxshilanadi, aks holda o'yinchi va muxlislar o'rtasidagi sevgi o'lishi mumkin.

"Yuventus" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Men Ronaldudan ko'ra Messini afzal ko'raman.

Leo - vatandoshim va men kichkinaligidan ko'rgan yigit. Kelasi yozda Amerika Kubogi bo'lib o'tadi, uning tashkilotchilari Argentina va Kolumbiyadir. Umid qilamanki, biz bu yo'lning so'nggiga qadar boramiz", - deydi Krespo.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" - "Barselona" o'yini 28 oktyabrda Turinda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia