Koutino Kolumbiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2015, 11:41
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Felipu Koutinoning Kolumbiyaga qarshi Amerika Kubogi-2015 uchrashuvida ishtirok etishi so'roq ostida.

"Jiddiy hech narsa yo'q. Tekshiruv kichik shikastlanishni aniqladi. Og'riq o'tib ketganidan so'ng mashg'ulotlarni davom ettiraman. Tezroq jarohatdan qutilmoqchiman.

Peruni mag'lub etganimizdan mamnunman. Endi juda kuchli va tarkibida yulduzlar etarli bo'lgan Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. Bu turnirda oson o'yinlar bo'lmaydi va bugun buning isbotini ko'rdik. Ikkinchi o'yinda g'alaba qozonib, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchimiz" - deydi Koutino.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com