Konte A Seriya chempionligini kimlarga bag'ishlashini aytdi

Eldor Akmurzayev
2 may 2021, 22:45
“Inter” ustozi Antonio Konte jamoasi bilan Skudettoni qo'lga kiritganiga munosabat bildirdi.

“O'ylashimcha, bu mavsum oldinga qadam tashlaganimiz bizni chempionlik sari etakladi. Mavaffaqiyatdan zavq olishimiz kerak, buni oldinda kutayotgan 4 o'yinda amalga oshiramiz.

Chempionlikni kimga bag'ishlayman? Yaqinlarimga: rafiqam, qizim, aka-ukalarimga. Shuningdek, men uchun juda muhim bo'lgan va oxirgi yillar davomida menga ko'maklashib kelgan Gabriele Orialiga ham munnatdorchilik bildiraman", deydi Konte.

Eslatib o'tamiz, “Inter” A Seriya tugashiga 4 tur qolganida mamlakat chempioniga aylandi. 2-o'rin uchun esa “Milan” “Atalanta”, “Napoli”, “Yuventus” va “Lacio” kabi jamoalar kurashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia