Klublar o'rtasida JCHni boshqarib boradigan barcha hakamlar nomi ma'lum bo'ldi

7 noya 2017, 23:57
FIFA tomonidan klublar o'rtasida Jahon chempionatini boshqarib boradigan hakamlar nomi e'lon qilindi.

Har bir konefderaciyadan bittadan bosh hakam tanlab olindi: Ravshan Ermatov (O'zbekiston), Malang Dediu (Senegal), Sezar Arturo Ramos Palazuelos (Meksika), Sandro Richchi (Braziliya), Mettyu Konger (Yangi Zellandiya) va Feliks Brix (Germaniya).

Shuninngdek, 8 nafar videoyordamchilik qiladigan hakamlar nomi ham ma'lum bo'ldi. Bular Abdulrahmon Al Yassim (Qatar), Mark Geyger (AQSH), Andres Kunya (Urugvay), Vilton Sampayo (Braziliya), Mauro Vigliano (Argentina), Artur Diash (Portugaliya), Kleman Tyurpen (Fransiya) va Feliks Cvayer (Germaniya).

Klublar o'rtasida 6-16 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi va Al Ayn shaharlarida o'tkaziladi.


O'xshash yangiliklar


Manba: ФИФА расмий сайти