Klopp "Vulverxempton" bilan durang haqida: "Omad keldi"

Mirjalol Normatov
8 yanv 2023, 10:44
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Kubogi doirasidagi "Vulverxempton"ga qarshi o'yin yakunlari haqida gapirdi.

"Yaxshi o'ynadik, o'yinni nazorat qildik. Bizda yaxshi vaziyatlar juda ko'p bo'ldi. Keyin esa kerak bo'lmagan joyda gol o'tkazdik. Ammo bizni ko'p qutqaradigan Alissonni tanqid qilish niyatim yo'q. O'yinni o'zgartira oldik va chiroyli gollar urdik. Tanaffusda futbolchilar barchasini tushuna olishdi va harakatlarni oshirishdi.

Raqibdan ustunlik qildik, ammo ular keyin ko'proq yakkakurashlarga e'tibor bera boshlashdi. Bu orqali ular kutganimdan ko'proq muammolar yaratishdi. Hisob tenglashganidan keyin omadimiz keldi desam ham bo'ladi. Bunchalik ko'p futbolchini jarima maydonchamizga kiritmasligimiz kerak edi", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC