Klopp: "Faqat Angliyada chempionlikni transfer oynasida qo'lga kiritish mumkin"

Tolibjon Qosimov
13 avg 2018, 12:23
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 1-turi doirasida "Vest Xem" ustidan qozonilgan g'alaba (4:0)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

Unda mutaxassis yozgi transfer oynasidan so'ng jamoasini "Manchester Siti"ga asosiy raqobatchi va APL favoriti deb atashayotgani haqida gapirdi.

"Meni boshqa odamlar nima deyishi qiziqtirmaydi. O'yindan oldin bu narsa bazida yoqimli, bazida esa u qadar yoqimli emas. Lekin, hamisha muhim emasligi haqida gapirdik.

Biz sovringa da'vogar bo'lishni xohlaymiz. Oxirgi yillarda hech nima yutmadik, bu to'g'ri. Va men boshqa jamoalar bizdan kuchsiz deb hisoblamayman. Nima uchun biz bosh sovringa asosiy da'vogar bo'lishimiz kerak? Bir nechta transferlarni amalga oshirganimiz uchunmi?

Faqat Angliyada chempionlikni mana shunday transfer oynasida qo'lga kiritish mumkin. Bu mumkin emas va qiziq emas. Biz o'z ishimizni qildik, boshqa jamoalar ham 2 yil oldin shu ishni qilishgan. Bizga o'zimiz egallagan rol yoqadi, qolgani esa muhim emas", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports