Klaudio Raneri: "Sevilya"ga qarshi o'yinda biz yaqqol autsaydermiz"

Tolibjon Qosimov
22 fev 2017, 19:48
"Lester" bosh murabbiyi Klaudio Raneri YCHL 1/8 finali doirasida "Sevilya"ga qarshi o'tadigan o'yin haqida gapirib o'tdi.
"O'tgan mavsum ajoyib bo'lgan edi, bu yil esa hammasi qo'ldan chiqib ketdi. Biz yaqqol autsaydermiz. Lekin, biz shu yerdamiz. Kurashishga va o'ynashga tayyormiz.

Xorxe Sampaoli - murabbiylik kasbining elit vakillaridan. U va uning "Sevilya"si yaxshi mavsumni o'tkazmoqda. Unay Emerining almashtirilishi o'yin uslubini o'zgartirdi. Fakt shuki, jamoa bosh murabbiy qanday xohlayotgan bo'lsa, shunday o'ynamoqda. Shu sabab, o'yin payti tezda o'zgarishlar yuz bermoqda. Bularning barchasida Sampaolining xizmati katta", - deydi Raneri.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com