Kimmix: "Qanday qilib, jahon chempionatining so'nggi ikki g'olibi hamda Yevropa chempioni bir guruhdan o'rin olishi mumkinligiga tushunmadim"

Mirjalol Normatov
1 dek 2019, 17:12
Germaniya termasi himoyachisi Joshua Kimmix Evro-2020 uchun tashlangan qur'a haqida gapirdi.

Qur'a yakunlariga ko'ra, nemislar Fransiya va Portugaliya bilan bir guruhdan o'rin olishdi.

"Qur'aning jarayoniga tushunmadim. Qanday qilib, jahon chempionatining so'nggi ikki g'olibi hamda Yevropa chempioni bir guruhdan o'rin olishi mumkin? Guruh bosqichida birinchi o'rinni olish uchun termani qanchalik darajada kuchaytirish kerak? Bizga juda kuchli guruh tushdi", - dedi Kimmix.

Germaniya termasi dastlabki uchrashuvni JCH-2018 g'olibi Fransiya termasiga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal