Keyn Bundesliganing 60 yillik rekordini yangiladi

Sherzod Nurmatov
8 apr 2024, 11:15
Angliyalikning yana bir yutug'i.

"Bavariya" forvardi Harri Keyn Germaniya chempionatining 28-turidan o'rin olgan "Xaydenxaym"ga qarshi o'yinda (2:3) gol urdi. Bu gol futbolchi uchun 32-si va rekord bo'ldi.

Keyn Bundesliga tarixidagi debyut mavsumida 32 ta gol urgan birinchi o'yinchiga aylandi. Unga qadar bu rekord 60 yil davomida 1963/64 yilgi mavsumda 31 ta gol urgan Uve Zeelerga tegishli edi.

Bir mavsumda gol urish bo'yicha Bundesliga rekordi Robert Levandovskiga tegishli. Polshalik hujumchi 2020/21 yilgi mavsumda 41 ta to'p kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Athletistic