Keyn APLdagi eng yaxshi to'purarlar o'nligiga kirdi

Alisher
3 noya 2020
APL 7-turida "Tottenxem" "Brayton"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Gollardan biriga "shporlar" hujumchisi Xarri Keyn mualliflik qildi.

27 yoshli forvard ushbu gol tufayli Les Fyerdanad bilan tenglashib oldi - 149tadan. Keyn APL tarixidagi to'purarlar orasida 10-o'ringa ko'tarildi.

Katta ustunlik bilan yetakchi "Nyukasl" sobiq forvardi Alan Shirer bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rinda Ueyn Runi (208) va uchinchi o'rinda Endi Koul (187) bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com