Qirg'iziston futbol Federatsiyasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, milliy terma jamoa 2016 yil yozidan boshlab 8ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchi. Ularning 6tasi o'z maydonida, 2tasi raqib maydonida tashkil etilishi kutilmoqda.
Bu borada QFF iyun oyida o'yin o'tkazish uchun Qatar, BAA, O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari bilan muzokara olib bormoqda.
Qo'shnilarimiz sentyabr oyida esa Polsha va Xorvatiya kabi Yevropaning kuchli terma jamoalarini Qirg'izistonga taklif qilishmoqchi. Oktyabr oyida Bahrayn va Vetnam bilan o'yinlar rejalashtirilgan. Noyabrda safarda Bahrayn bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Qirg'iziston terma jamoasi JCH-2018 saralashi uchinchi bosqichiga chiqish uchun kurash olib bormoqda. Jamoa guruhda 11 ochko bilan Avstraliya (15) va Iordaniyadan (13) keyingi uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Jamoa ikkinchi bosqichdagi so'nggi o'yinni 29 mart kuni Tojikistonga qarshi o'tkazadi.