"Kecha, Bugun, Ertaga" loyihasi mehmoni - Tachmurod Agamurodov!

Nadirkhuja Yuldashev
26 okt 2018, 17:35
Ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazgan so'rovnomalarimiz natijasida, "Kecha, Bugun, Ertaga" loyihasini qaytatdan boshlashga qaror qildim.

"Gigantlar jangi" maqolasi ko'pchilida qiziqish uyg'otdi. Avvalgi yillarni yod oldik. Mazkur loyihamni aynan shu qahramonlar bilan bog'lashga qaror qildim.

Turkmanistonlik mutaxassis O'zbekistonda birinchilardan bo'lib bir chiziqli himoya taktikasini tadbiq qildi. Bu taktika 90-yillar o'rtasida Yevropada qo'llanib kelingan bo'lsada, bizda hali murabbiylar foydalanmas edilar. Aynan shu taktika negizida tashkil qilingan yosh tarkib qiyinchilik bilan O'zbekiston chempioni bo'lgan edi.

Agamurodov bilan suhbat juda uzoq davom etdi. Intervyu 30 daqiqa davom etmasligini ogohlantirgan edim ham. Natija chakki emas, 16:10da ofisimizga tashrif buyurgan mutaxassis, 20:12da tark etdi. 4 soatlik suhbat juda ko'plab qiziqarli ma'lumotlarni qamrab oldi. "Milan"da Shevchenkoni yordam bergani, Toshkentga qanday qilib kelib qolgani. Ustozi Valeriy Nepomnyashhiy haqida suhbat qurdik. "Paxtakor"da porlagan yulduzlar va "Buxoro" mavzusi. Barchasi haqida batafsil tez kunda!

"Kecha, Bugun, Ertaga" loyihasining keyingi mehmoni - Vadim Abramov. 


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia