Karlos uchun navbatdagi da'vogar paydo bo'ldi

Alisher
25 apr 2020, 16:55
"Napoli" mavsum yakunlangandan so'ng jamoadan ketishi mumkin bo'lgan himoyachi Kalidu Kulibalining o'rniga o'rinbosar qidirmoqda.

Oldinroq, neapolliklar Kaliduning o'rniga "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitning variantini ko'rib chiqayotgani haqida xabarlar yangragan edi.

"Napoli" shuningdek "Sevilya" himoyachisi Diego Karlosni ham nishonga olgan. Transfermarkt futbolchini 32 million evroga baholagan.

Oldinroq, Karlosga ko'plab top-klublar, jumladan "Barselona" va "Liverpul" qiziqayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Metro