Karlos Bakka: "Real"ga qarshi ajoyib o'yin bo'ldi"

Tolibjon Qosimov
27 mar 2014, 17:22
"Real"ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan "Sevilya" hujumchisi Karlos Bakka o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashib, jamoa ajoyib o'yin o'tkazganini ta'kidladi.
- "Real"ga qarshi o'yin ajoyib o'tdi. Biz o'z kuchimizga ishongandik va g'alaba qozona olishimizga ko'zimiz yetib turgandi. Mavsum oldidan oldimizga Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'ygandik. Bu vazifani amalga oshirish uchun barcha ishni qilamiz, – deya uning so'zlaridan "Inside Spanish Football" nashri iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net