Karlo Anchelotti: Ramosning shartnomasi - mening muammoim emas

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2015, 08:00
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Serxio Ramos bilan yangi shartnoma tuzilishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
Ramosning shartnomasi? Uni uzaytirilishi bilan bog'liq savollar Serxioning o'yiniga ta’sir qiladi deb o'ylamayman. U doim bor kuchi bilan o'ynaydi, Ramos shartnomasi borasida tashvishga tushmayotgan bo'lsa kerak.

Barchamiz Serxio Ramos muhim o'yinchi ekanini bilamiz, yangi shartnoma - bu mening muammoim emas. Bu borada hech nima deya olmayman.

Bazi o'yinchilar faoliyatlarini oxiriga qadar shu futbolkada o'ynashlari mumkin, bundaylar toifasiga Iker, Krishtianu yoki Ramos kiradi, - deydi Anchelotti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru