Karlo Anchelotti: "Bu "Real", balki, faoliyatimdagi eng yaxshi jamoadir"

Mirjalol Normatov
23 okt 2022, 10:55
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti LaLiga doirasida "Sevilya"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Jamoada barchasi joyida. Kim kam o'ynayotgan bo'lsa ham jamoaga astoydil yordam berishni istayapti. Mavsumning ushbu qismida barcha o'zini yaxshi tutishi, sabr qilib, g'alabalarga erishish kerak. Kichik tatilga oz vaqt qolyapti.

- Ushbu "Real"ni faoliyatingizdagi eng yaxshi jamoa deb aytsa bo'ladimi?

- Bilmadim, balki eng yaxshisidir. Biroq ushbu futbolchilar bilan ishlash muammo bo'lmayapti, barcha meni hurmat qiladi. Sifat bo'yicha eng yaxshilaridan biri, balki eng yaxshisi hamdir.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca