

"Tarixga nazar solsak, Italiya taktika borasida doimo raqibdan ustun bo'lgan. Ular boshqa jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi tahlil qiladi. Seshanba kuni juda muhim o'yin bo'ladi, Italiyalik yoshlarni tekshirish mumkin, chunki Jampero Ventura bazi muhim futbolchilarni maydonga tushira olmaydi.
Germaniya doimo qiyin raqib bo'lgan, chunki ular barcha turnirlarda o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatadi. Katta bahslarda kichik detallar ko'p narsani hal qiladi, xuddi Evro-2016dagi Italiya va Germaniya o'rtasidagi uchrashuvdagidek. O'shanda Germaniyaning omadi kelgan" - deydi Kapello.



