

"Anchelotti – buyuk murabbiy, Italiyada faoliyat olib borgan murabbiylarning eng buyugi. U eng yaxshisi, chunki hamma yerda g'alaba qozongan, bu esa mushkul vazifa".
Shuningdek, Kapello hamkasbi Anchelottining Braziliya termasini boshqarishi mumkinligi borasida fikr bildirdi.
"Juda qiziq bo'lardi. Terma jamoalarni shug'ullantirish – bu butkul boshqa [klub bilan ishlashdan]. Men aynan termada ishlash orzum bo'lgani uchun Angliya boshqaruviga rozi bo'lganman. O'ylashimcha, faoliyatining oxirgi yillarida Karloda ham shunday bo'lishi mumkin", - – dedi "Milan", "Yuventus" va "Real" klublari sobiq murabbiyi.



