Kamerunning JCH-2014 uchun yakuniy tarkibi ma'lum, Eto’O Braziliyaga boradi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2014, 17:56
Kamerun terma jamoasi bosh murabbiyi Folker Finke JCH-2014 uchun yakuniy tarkibni e'lon qildi.
Mundialga boradigan 23 nafar futbolchi safidan Kamerun futboli yulduzi Samyuel Eto’O ham joy oldi. (Ma'lumot uchun ushbu hujumchini FIFA.UZda 75 ga sotib olish mumkin)

Darvozabonlar: Loik Fyodju (“Koton Sport”), Sharl-Yuber Itanj (“Konyaspor”, Turkiya), Sammi N’Jok (“Fetiespor”, Turkiya);

Himoyachilar: Benua Assu-Ekotto (“Tottenxem”, Angliya), Anri Bedimo (“Lion”, Fransiya), Orelen Sheju (“Galatasaroy”, Turkiya), Sedrik Jyogue (“Koton Sport”), Nikolya N’Kulu (“Marsel”, Fransiya), Dani Nunkeu (“Beshiktosh”, Turkiya), Allan-Romeo Nom (“Granada”, Ispaniya);

Yarim himoyachilar: Eno Eyong (“Antalyaspor”, Turkiya), Jan Makun (“Renn”, Fransiya), Joel Matip (“Shalke”, Germaniya), Stefan Mbia (“Sevilya”, Ispaniya), Benjamen Mukanjo (“Nansi”, Fransiya), Landri N’Gemo (“Bordo”, Fransiya), Edgar Salli (“Lans”, Fransiya), Aleks Song (“Barselona”, Ispaniya);

Hujumchilar: Vensan Abubakar (“Loryan”, Fransiya), Erik Shupo-Moting (“Maync”, Germaniya), Samuel Eto’O (“Chelsi”, Angliya), Fabris Essono (“Malaga”), Per Vebo (“Fenerbaxche”, Turkiya).

Eslatib o'tamiz, Kamerun “A” guruhida Braziliya, Meksika va Xorvatiya terma jamoalari bilan hisob-kitob qiladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com